Bugun, 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifingi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Juma kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

 

O‘zA