Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina haqida maqola yozganini e’lon qildi.

RIA Novosti xabar berishicha, maqolada ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi to‘g‘risida qator jarayonlar ochib berilgan.

Maqola Kreml saytida e’lon qilingan.

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan so‘nggi bevosita muloqotda Putin Rossiya va Ukraina to‘g‘risida tahliliy maqola yozib, ikki mamlakat o‘rtasidagi rishtalarga o‘z munosabatini bildirishini aytgan edi.

U maqolada rus va ukrain xalqlarini bir butun deb bilishini ta’kidlagan.

Rossiya rahbari har ikki mamlakatda fuqarolar uning mazkur asari bilan tanishib chiqishiga umid bildirgan.