Mamlakatimizda yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Milliy bank va uning barcha filiallarining asosiy vazifalaridan bo‘ladi.
Bunda yoshlarni biznesga o‘qitish, “Loyihalar fabrika”larida yangi g‘oyalar asosida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hamda yoshlarga qulay va qiziqarli bo‘lgan yangi tizimni yaratish zarur.
Shuningdek, bank tomonidan xorijdagi yoshlarimizga Vatanimizga qaytib ishlash, o‘z biznesini tashkil etish, ularni uy-joy sharoitlariga yordam berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu ishlarni moliyalashtirish maqsadida, byudjetdan qo‘shimcha 100 million dollar mablag‘ ajratiladi.
Prezident forumda Milliy bank, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasiga nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish bo‘yicha yangi biznes maktab tashkil etish topshirig‘ini berdi.
Kelgusi yildan ushbu biznes maktabning barcha hududlarda filiallari ochiladi.
O‘zA