Davlatimiz rahbari ta’kidlashicha, joriy yilda qishloqlarda yashayotgan 230 mingdan ortiq ishsiz yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratildi. Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan yerlardan yana 75 ming gektari 170 ming nafar yoshlarga takroriy ekin ekish uchun berildi.

– Joriy yilda boshlagan yer islohotimiz doirasida, paxta va g‘alladan qisqaradigan maydonlarda oziq-ovqat ekinlari yetishtirish uchun yerlarni 10 yil muddatga ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu bilan, viloyat va tuman hokimlari, sektor rahbarlari uchun yana 500 ming nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA