Bu haqda Prezidentimiz viloyat faollari yig‘ilishida ta’kidladi.
– Yana bir yirik loyiha – Bobur shoh ko‘chasining ikki qismini bog‘laydigan va markaziy temir yo‘l vokzali ustidan o‘tadigan 700 metr uzunlikdagi ko‘prik quriladi. Natijada masofa 5 kilometrga, vaqt sarfi esa 25 foizga qisqarib, Andijon ahlining necha yillik orzu-niyatlari amalga oshadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.