Andijon viloyati faollari yig‘ilishida davlatimiz rahbari Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovga Buloqboshi tumanidagi yo‘l chetidagi ishkomlarni xalqqa ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi.
– Oltiariqda dehqonchilik rivojlangan deb ko‘p gapiramiz. Mana kecha ko‘rdik, Buloqboshi tumanida yo‘l yoqasida qanday ishkomlar qilingan. Meni yonimda ko‘p jurnalistlar yuribdi, shuni xalqqa ko‘rsatinglar. Andijonda ham o‘z ishining ustasi bo‘lgan mirishkorlar ko‘p, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA