Andijon faollari yig‘ilishida viloyatdagi o‘zlashtirilmagan adir yerlarda kamida 500 gektar issiqxona massivlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ushbu yerlarni o‘zlashtirish, infratuzilma, issiqxonalarni qurish va ularni aholiga kredit asosida berish uchun 400 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Viloyat hokimligiga 1 oktyabrga qadar issiqxonalarni qurib, aholiga 10-15 sotixdan ajratish hamda ularga mahsulot uchun buyurtma beradigan va sotib oladigan eksportyorlarni biriktirish vazifasi topshirildi.

– Kecha biz borib ko‘rgan Paxtaobod tumanidagi “Mega agro” innovatsion korxonasining eksportbop mahsulot yetishtirish tajribasini boshqa tumanlarda ham keng joriy etish zarur. Kelgusi yilda ushbu korxona tomonidan issiqxona uskunalari ishlab chiqarishni to‘liq mahalliylashtirish choralarini ko‘rish kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

 

O‘zA