Ayni paytda oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Xabar qilganimizdek, davlatimiz rahbari yig‘ilishda oliy ta’limdagi eng katta yuk rektorlar zimmasida ekanini ta’kidladi.

– Bitta institutga noo‘rin rektor qo‘ysak, bitta sohani barbod qilgan bo‘lamiz. Hozir oliy o‘quv yurtlarini bitirgan yoshlar zamonaviy korxonalarga borsa, xuddi muzeyga tushib qolganday bo‘layapti. Chunki u yerdagi uskunalarni hozirgi mutaxassislar ishlatolmaydi. Aslida oliygoh chiqarayotgan mutaxassisga korxonalar talabgor bo‘lishi kerak. Buning uchun rektorlar islohotchi bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalari zamonga moslasha olmayotganini, raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash uchun vatanparvarlik yetishmayotganini tanqid qildi.

– Nima uchun ertaga Andijonga borayapman? Bu viloyatda vatanparvar maktab shakllangan. Mana, hozir Tatariston Prezidenti bilan uchrashdim. Tatariston oliygohlarida eng zamonaviy laboratoriyalar shakllangan. Bizda ham oliy ta’limda sifat asosiy mezon bo‘lishi kerak. Sifat bilan shug‘ullanmagan, “talaba uchun men nima bera olaman” degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA