BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni ikkinchi besh yillikka qayta saylashga tavsiya qildi, deyiladi “EFE” agentligi ma’lumotida.
“INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, mazkur tavsiyanoma BMT Bosh assambleyasiga yuboriladi. U yerda Guterrishning mazkur lavozimida ikkinchi muddatga saylanish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlanishicha, bosh kotib biror bir muammosiz qayta saylanishi kutilmoqda, negaki bu lavozimga boshqa bir nomzod nazarda tutilmagan. Qayta saylangan taqdirda Guterrishning ikkinchi muddatdagi faoliyati 2022 yilning yanvaridan boshlanadi.