Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda (Ye-8 vizasi bilan) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan mamlakatimizning barcha hududlaridagi ayollar uchun tanlov o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 19 may kuni Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan ayollar uchun tanlov boshlandi.