Mo‘ynoq tumanidagi aeroport hududida “Qurilish” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limi bilan tuzilgan shartnomaga asosan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ammo bajarilgan ishlar uchun tadbirkorga berilishi kerak bo‘lgan qariyb 270 million so‘m mablag‘ to‘lanmasdan qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Qo‘ng‘irot tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi. Sud qarori bilan tadbirkorga Mo‘ynoq tumani obodonlashtirish bo‘limi hisobidan 269 million 867 ming 459 so‘m mablag‘ undirilishiga erishildi.

Ma’lumki, tadbirkorlarga nisbatan qonun doirasidagi ko‘mak tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladi.

 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA