Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitethi jismoniy madaniyat fakultetiga tanishlari orqali 5000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarlarning jinoyati fosh bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J., J.X. va D.X. oldindan til biriktirib, fuqaro D.A.ni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari qiymatida 3000 AQSH dollari va 20 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.J., J.X. va D.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA