O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lapbergan Qayipbergenov 1929 yili 7 mayda Kegayli tumanida tug‘ilgan.

“Sekretar”, “Muallimga rahmat”, “So‘nggi hujum”, “Sovuq tomchi”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar”, “Qoraqalpoq dostoni” ikki jildlik va boshqa ko‘plab hikoya, qissa va romanlar kitoblari nashr etilgan. Adibning deyarli barcha asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Uning asarlarida Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalqlarning o‘zaro qardoshligiga alohida urg‘u berilgan.

Adib 2010 yil olamdan o‘tgan. Uning nomini abadiylashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Nukus shahridagi katta ko‘chalardan biri To‘lapbergan Qayipberganov nomi bilan ataladi. Toshkentdagi Adiblar xiyobonida uning muhtasham haykali o‘rnatilgan.

To‘lapbergan Qayipberganov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Ijod” jamoat fondi tomonidan qoraqalpoq nasri karvonboshisining tanlangan asarlari nashr etilgan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan, qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Telegram: @UzA_pochta@Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uzuzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

 

Saytimizni kuzatib boring!