bugungi videoselektor yig‘ilishida chet tillarini o‘qitishda nodavlat ta’lim muassasalari va Britaniya kengashi, Gyote instituti, Fransuz alyansi, KOICA, JICA, Konfutsiy instituti kabi xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Misol uchun, chet tili o‘qituvchilarining 90 foizi (46 ming nafar) ingliz tiliga ixtisoslashgan bo‘lib, Sharq tillari (xitoy, koreys, turk, arab, fors) poytaxtdan boshqa hududlarda deyarli o‘qitilmaydi.
Shu bois, Tashqi ishlar vazirligiga elchilarimiz bilan birga, o‘zlari biriktirilgan viloyatlarda kamida 2-3 tadan chet tiliga o‘rgatish markazini tashkil etishga hamda ularga o‘zlari ishlayotgan davlatlardan malakali o‘qituvchi va volontyorlarni jalb qilishga mas’ul bo‘lishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, vazirlikka Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi bilan birga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli soha mutaxassislariga Chet tillarini chuqur o‘rgatish markazini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda chet tillari nodavlat o‘quv markazlarining asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgani, shu bois viloyat, tuman va shahar hokimlariga 1 iyuldan boshlab qishloq tumanlarida 5 tadan chet tillariga o‘qitish nodavlat o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilish vazifasi topshirildi.
Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat o‘quv markazi rahbari Sardorbek Sodiqov viloyatning boshqa tumanlarida ushbu ishlarni qanday tashkil etishi bo‘yicha o‘z rejalarini so‘zlab berdi.
O‘zA