Prezidentimizning «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, ehtiyoj mavjud bo‘lgan og‘ir sharoitli tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga malakali rahbar xodimlar va mutaxassislar jalb qilinadi.
Endilikda og‘ir sharoitli tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga:
respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari va ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida muayyan muddatga jalb qilinadigan bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu rahbar xodimlar va mutaxassislarga asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini to‘liq saqlagan holda ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini to‘liq to‘lab berish, ushbu xarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi to‘lovlarini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zA