O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda Milliy karate federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan chempionatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘oniston sportchilari qatnashdi.
Turli yosh toifalarida o‘tgan bahslarda Sh.Boymuhamedov, F.Ahmadjonov, A.Usmonov, M.Xo‘jaqulov, I.Sattorov, H.Badalova, N.Murtazoyeva, M.Yangiboyeva, G.Joldasova, B.Egamberdiyeva, O.Soliyeva, N.Tohirova kabi iste’dodli karatechilarimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi.
– Chempionat g‘oliblari safidan joy olganimdan xursandman, – deydi Bonu Egamberdiyeva. – Maqsadim – kelgusi yilgi sport musobaqalarida ham muvaffaqiyatli qatnashib, tajribamni yanada oshirishdir.
Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA