Britaniyalik tizimli biologiya va uzoq umr ko‘rish sohasida ekspert Endryu Stil keksayish jarayonini sekinlashtiradigan yettita oddiy odatlarni keltirib o‘tdi, deb yozadi Express nashri.
Gap doimiy jismoniy harakat, Sog‘lom uyqu, oziq-ovqat qo‘shimchalaridan voz kechish, taomda sabzavotlar ko‘p bo‘lishi, qon bosimi va yurak urushini nazorat qilib borish, Tishlarni sog‘lom saqlash va noodatiy parhezlardan voz kechish haqida bormoqda.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, hatto, muntazam ravishda har kuni o‘n daqiqa piyoda yurish ham ijobiy samara berar ekan. Jismoniy mashqlar bajarayotganda organizmni zo‘riqtirmaslik kerak, deya ogohlantiradi Stil. Uning fikricha, haddan ortiq zo‘riqish hayot davomiyligini qisqartirishi mumkin.
Bundan avvalroq AQSHdagi Stenford universiteti olimlari inson keksayishi jarayonida uchta asosiy bosqichni ma’lum qilgan edi.
Mutaxassislar yoshi 18 dan 95 gacha bo‘lgan 4263 kishining qon plazmasini tahlil qilib, uch mingga yaqin har-xil turdagi oqsillarni o‘rgangan va ularning organizmdagi ulushi 10 yillar davomida o‘zgarishsiz qolganiga guvoh bo‘lishganini yozishgandi. Olimlarning ta’kidlashicha, biroq yoshi 34, 60 va 78 yoshdagi ko‘ngillilarda oqsillar darajasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan.