Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ayni paytda hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda viloyatlarda joriy yil 1 oktyabrga qadar xalqaro va viloyatlararo magistral yo‘llar yoqasida, namunaviy loyihalar asosida kamida 500 tadan savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini loyiha asosida tashkil etishi va 50 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Bosh vazir maslahatchisi O.Umarov, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Sh.Sodiqovga axborot sohasida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish, narxlarni arzonlashtirish va sifatini oshirish hisobiga, aloqa va internet xizmatlari hajmini kamida 2 бараvaрга (20 trillion so‘m) va dasturlashni esa 3 бараvaрга (2,5 trillion so‘m) oshirishni ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, paxta va g‘alla klasterlarida eng muhim turdagi agroxizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bunda agrar sohada 17 ta yo‘nalishdagi xizmatlardan qanchasini klasterlar tashkil etilishi belgilanib, ushbu xizmatlar klasterlar kesimida tasqimlanadi.

Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Qudbiyev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanovga bir oy muddatda xizmatlarni “soyadan chiqarish”, tadbirkorlar faoliyatini yanada soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ushbu mas’ullar har bir tashkil etilayotgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yaratilayotgan doimiy ish o‘rinlarini muntazam monitoring qilib, hisobini yuritadi.

Shu bilan birga, vazirlik va idoralar mas’ul sohalarda ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning rejasini tasdiqlab, ijrosini oyma-oyma nazoratga olish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, tijorat banklariga bir oy muddatda zamonaviy bank, moliya, konsalting xizmatlari, jumladan, “bank eko tizimi”, baholash, audit, sug‘urtaning yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha dasturlar qabul qilish vazifasi qo‘yildi.

 

O‘zA