Rossiya Federatsiyasining ko‘plab ish beruvchi korxonalariga fuqarolarni tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish maqsadida ushbu korxonalar vakillari ishtirokida fuqarolar respublikamizning qator viloyatlarida tanlovdan o‘tkazildi.
Mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
Ana shunday fuqarolardan 139 nafari Omsk viloyatidagi «Limakmarastroy» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi.
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.