Prezidentning “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirlgi Akademiyasining Nukus filiali tashkil etiladi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.
Filialda to‘laqonli o‘quv jarayoni Akademiyaning bakalavriati bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filialda ta’lim olgan bitiruvchilarga Akademiya bitiruvchilari uchun nazarda tutilgan diplom beriladi.
Filialda o‘qish uchun nomzodlar dastlabki bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, keyinchalik respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Filialga o‘qishga qabul qilish kvotasi Akademiyaga umumiy qabul kvotasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadi.