Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish davom etmoqda.
Yig‘ilishda xalqni rozi qilish, “mahallabay” ishlash tiziming mohiyati, bu borada natijaga erishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida qator fikrlar bildirildi.
– Tuman hokimlari va sektor rahbarlari bugundan boshlab o‘zlarining ish tizimini tubdan o‘zgartiradi. Ular ellik foiz vaqtini faqat “mahallabay” piyoda yurib, aholining daromadini so‘raydi, masalasini o‘rganadi, – dedi Prezident.
Prezidentimiz rahbarlarni ish tartibini o‘zgartirishga chaqirar ekan, endi ishxonadan chiqmay, o‘tirib ishlash davri o‘tganini yana bir bor alohida ta’kidladi.
Yig‘ilish davom etmoqda