A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialiga rahbar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Qaxramon Ibadullayev Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qaxramon Ibadullayev bunga qadar Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq pedagogika kolleji direktori vazifasida faoliyat olib borgan.

O‘zA