Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Pekinda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida o‘zaro iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari muhokama qilingan.
– Ikki mamlakatning hisob-kitobni milliy valyutalarga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori vaqtida amalga oshirildi va savdo oqimi tezlashishiga turtki berdi, – degan RF yetakchisi tor doiradagi uchrashuvda. – Munosabatimiz hech kimga qarshi qaratilmagan.
Kreml matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov aytishicha, AQSH Rossiya va Xitoy hamkorligiga halaqit bermoqda. Davlatlar ikkinchi darajali sanksiyani muloqot yo‘li bilan hal etadi, tashqaridan yordam kutmaydi.
Delegatsiyalar a’zolari ishtirokida Rossiya –Xitoy muzokarasi ham bo‘lib o‘tdi.
– Bugungi global siyosatda hamkorligimiz asosiy barqarorlashtiruvchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda, – degan Putin. – Biz Yevrosiyo makonida integratsiya jarayonini yanda mustahkamlashga tayyormiz.
XXR Raisi o‘z navbatida, jumladan shunday dedi:
– Xitoy – Rossiya munosabati o‘tgan chorak asrda kuzatilgan anchayin og‘ir sharoitda mustahkamlandi, xalqaro vaziyat bilan bog‘liq sinovlardan o‘tdi. Bu ikki davlatning bugungi kundagi aloqalari o‘zaro hurmat, ishonch, do‘stlik va manfaat bilan ajralib turadigan yirik qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatning yaqqol namunasidir.
Shuningdek, ikki hamkor davlat tomonidan 2033-2035 yillarda qo‘shma oy stansiyasiga mo‘ljallangan atom elektr stansiyasi yaratilishi boshlangani ma’lum qilindi.
S.Poyonov,
O‘zA