AQSHning “Pfizer” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

198

O‘zbekiston farmatsevtikasining bugungi holati, sohaga investitsiya kiritish, yurtimizda xorijiy kompaniyalarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar kengaymoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov AQSHning “Pfizer” xalqaro farmatsevtika va biotexnologiya korporatsiyasining Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi direktori bilan uchrashdi. Direktor o‘zi faoliyat yuritayotgan kompaniya haqida qisqacha ma’lumot berib,  O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ining onkologiya va vaksinalar yo‘nalishiga qiziqishi borligini qayd etdi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.

Uchrashuv davomida  O‘zbekiston farmatsevtika bozorining joriy holati haqida mehmonlarga ma’lumot berilib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar  muhokama qilindi.  Shuningdek, xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirayotgan sohalardagi o‘zgarishlar haqida  ma’lumotlar berildi.

 

A.RUSTAMOV, O‘zA