AQSH Senati Blinkenni davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi.
Blinken Bayden bilan anchadan buyon birga ishlab keladi. Barak Obama prezidentligi davrida Jo Bayden vitse-prezident edi. O‘shanda Blinken AQSH prezidentining milliy xavsizlik bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Qolversa, xuddi shu davrda u davlat kotibining birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Mayk Pompeo AQSH davlat kotibi edi.