Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatida bo‘ldi.
O‘zA ushbu tashrifga oid kichik fotoreportaj tayyorladi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
bugungi kungacha 10 million dollar tashqi investitsiya o‘zlashtirilib, 13 gektar maydonda issiqxona qurib bitkazildi, 260 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Yana 17 gektarda qurilish ishlari davom etmoqda.
Keyingi manzil Buxoro shahridagi davlat xizmatlari markazi va IT Park bo‘ldi. Bu yerda “yagona darcha” tamoyili asosida 130 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Kutish zalida kitoblar jovoni tashkil etilgan.
Binoning ikkinchi qavatida IT Park ning Buxoro filiali joylashgan. Davlatimiz rahbari IT Park dagi yoshlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.
O‘zA fotomuxbiri
A’lo ABDULLAEV olgan suratlar.