Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida bugun yuz bergan portlash natijasida vafot etganlar bo‘yicha yangi ma’lumot berildi.

Avvaliga 5 kishi halok bo‘lgani taxmin qilingan baxtsiz hodisa chog‘ida, endi 8 fuqaro olamdan ko‘z yumgani aytilyapti. Jarohatlanganlar esa 15 kishi. “Al-Sumaria” telekanali mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib shunday axborot bergan.

“Al-Bob ash-Sharkiy tumanida terrorchi-jihodchi tomonidan uyushtirilgan hujum – portlash hodisasi oqibatida 8 odam halok bo‘ldi, yana 15 fuqaro yaralandi”, – deyilgan xabarda.

“INA” agentligi mazkur voqeaga oid xabarida ko‘ngilsizlik Tayaran maydonida kechganini qo‘shimcha qilgan.

O‘zA