Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus AQSHga tashkilot tarkibiga qaytgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bugun JSST uchun ham, butun jahon sog‘liqni saqlash sohasi uchun ham ajoyib kun bo‘ldi. AQSHning tutgan global o‘rni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois, men prezident Jo Bayden, vitse-prezident Kamala Xarris va AQSH xalqini tabriklayman”, – dedi tashkilot rahbari payshanba kuni JSST ijro qo‘mitasining 148 chi sessiyasida so‘zga chiqib.
U Baydenga JSSTga qaytgani va COVAX hamda AST dasturlariga qo‘shilishga tayyor ekani uchun minnatdorlik bildirdi. COVAX vaksinani barcha mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlanishini muvofiqlashtirib borishga yo‘naltirilgan dastur hisoblanadi. AST dasturi esa COVID-19 ga qarshi vaksina hamda dori-darmon tayyorlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishni nazarda tutadi.
“JSST millatlardan tashkil topgan bir oiladir. Biz AQSHning oilada qolganidan xursandmiz”, – deya ta’kidladi Tedros Adxanom Gebreyesus.
O‘zA