Afrika davlatlari vaksinalarni pasaytirilgan narxda oladi, deyiladi “Reuters”ning Afrikaning “Import-Export-Bank” ma’lumotiga tayanib berilgan xabarida.
Unga ko‘ra, “Astrazeneca” shved-britan konserni Afrika davlatlariga 100 million birlikdagi vaksinaning har birini uch dollardan sotadi.
“BioNTech” va “Pfizer”ning 50 million vaksinasi 6,75 dollardan yetkazib beriladi, Yevropada esa bu vaksina uchun 19 dollar, Isroilda 30 dollar to‘lanadi.
Shuningdek, “Johnson & Johnson” kompaniyasi ham 120 million birlikdagi vaksinani teng yarmidan pastroq narxda Afrikaga yetkazadi.