Pekinda koronavirusning bir qadar xavfliroq deb hisoblanayotgan britancha turiga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi.

“Mahalliy rasmiylar Xitoy poytaxtida virusning yangi turi tarqalishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni aytishdi”, deyiladi “Rosbalt.ru” xabarida.

Pekin ta’lim muassasalaridagi kuzatilgan holatlardan keyin keskin choralar ko‘rilishi nazar tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus Xitoyning Uxan shahridan dunyoga tarqalgan bo‘lib, 2021 yilning yanvaridan, ya’ni virus tarqalishining ikkinchi to‘lqinida “COVID-19” o‘chog‘i sifatida Szilin viloyati tilga olinmoqda.