AQSH prezidenti Jo Bayden amerikaliklarni 100 kun davomida niqob taqib yurishga chaqirilgan farmonni imzoladi.
Baydenning ko‘rsatmasiga binoan, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash tartibi federal binolarda va federal hududlarda amal qilinadi. Shuningdek, federal xizmatchilar va shartnoma bo‘yicha ishlayotgan xodimlar uchun ham ushbu tartiblar majburiy etib belgilandi. Qolganlarni esa, u shunchaki ushbu tartiblarga amal qilishga chaqirdi.
AQSHda aksariyat hollarda niqob taqib yurish masalasini shtatlar va okruglar darajasidagi mahalliy hokimiyatlar hal qilib keladi.