Demokratlar uch nafar yangi senator qasamyod qabul qilgandan keyin AQSH senatida rasman nazoratni qo‘lga oldi.

Jorjiyalik demokrat-senatorlar Jon Ossoff va Rafael Uornoklar qasamyod qildi. Ular ikkinchi turda raqiblari respublikachi senatorlarni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shuningdek, Kaliforniya gubernatori tayinlagan Aleks Padilya ham Senatga qo‘shilgan. U Kamala Xarris o‘rniga tayinlandi.

Shunday qilib, senatda ikki partiyadan senatorlar taqsimlanishi ellikka ellik bo‘ldi, biroq vitse-prezident Xarris rasman Senat prezidenti sifatida ovozlar teng taqsimlanganda, ovoz berishi mumkin. Bu demokratlarga palata ustidan texnik nazorat qilish imkonini beradi.

Endi respublikachilar va demokratlar yetakchilari lavozimlarni va qo‘mitalarni taqsimlab olish bo‘yicha bir qarorga kelishi zarur bo‘ladi.