AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp lavozimini tark etishi arafasida maxfiy xizmatga yarim yil davomida farzandlarini qo‘riqlashga ko‘rsatma berdi, deb xabar tarqatdi chorshanba kuni CNN telekanali yuqori lavozimli mulozim bergan ma’lumotga tayanib.
Uning aytishicha, Tramp shu ish bo‘yicha memorandumni imzolagan. Odatda bunday qo‘riqlash 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘llaniladi. Bu toifaga uning faqat Berron ismli o‘g‘li kiradi. Endi ushbu hujjatga binoan, bu huquqni uning barcha farzandi, jumladan, Ivanka, Donald, Tiffani va Eriklar ham oladi.
Chorshanba kuni AQSH prezidentligi lavozimini Jo Bayden egalladi. Tramp va uning rafiqasi Melanya Floridaga o‘zlarining oilaviy qarorgohiga jo‘nab ketdi.