AQSH prezidenti Jo Bayden inauguratsiyada aytiladigan ma’ruzani to‘xtatib, barchani pandemiya qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashga chaqirdi.

“Mening prezidentlik lavozimidagi birinchi harakatim, sizlarni pandemiya tufayli vafot etganlarning xotirasini yod etib, bir daqiqalik sukut saqlashga qo‘shilishlaringizni so‘rayman. Ular 400 ming amerikaliklar: onalar, otalar, rafiqalar, o‘g‘illar, qizlar, do‘stlar, qo‘shnilar, hamkasblar”, deya ta’kidladi Bayden.

Shundan keyin ma’ruzani to‘xtatib bir daqiqalik sukut saqlashga kirishdi.

O‘zA