AQSH prezidenti lavozimini topshirgan Donald Tramp bir necha soat oldin rafiqasi Melaniya bilan birga vertolyotga o‘tirib, Oq uyni tark etdi. “NBC News” telekanali ushbu jarayonni translyatsiya orqali namoyish etdi.

Tramp Merilend shtatidagi Endryus avia bazasi orqali o‘zining davlat rahbari sifatidagi so‘nggi parvozini amalga oshirib, “Air Force One” o‘chog‘ida Floridadagi shaxsiy qarorgohiga yetib oladi.

Binobarin, ketar chog‘i Amerikaning 45-prezidenti “ular (rafiqasi bilan birga) hali “qandaydir ko‘rinishda” yana qaytishlari”ni ta’kidlagan.

O‘z navbatida, “The Wall Street Journal” gazetasi xodimlari Tramp bilan bog‘liq yana bir qiziqarli ma’lumotdan xabar topishibdi. Ma’lum bo‘lishicha, 6 yanvar kuni Kapitoliyda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealardan keyin Respublikachilar partiyasining bir qator yuqori martabali shaxslari bilan oralaridagi munosabat keskinlashgach, Tramp o‘z tarafdorlari ishtirokida bir masalani muhokama qilgan. Aniqrog‘i, ular belgilangan muddat tugagandan so‘ng yangi siyosiy kuch tashkil etishga kelishishgan. Yangi partiyaning nomini “Vatanparvarlar partiyasi”, deb nomlash rejalashtirilgani ham aytilmoqda.

O‘zA