Yaponiyada kuchli qor bo‘roni yuzaga kelib, avtomobil yo‘lini ishdan chiqardi. Natijada 130 dan ziyod mashina yig‘ilib qolgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, tabiat hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 10 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati oldi.
Bo‘ron kecha tushga yaqin Miyagi prefekturasidagi Toxoku tezyurar yo‘lining bir qismini yopib ko‘ydi. Taxminan 200 kishi uyum ichida qolib ketdi. Hozir qutqaruvchilar voqea joyida hushyor turishibdi, deydi rasmiylar.
So‘nggi haftalar davomida Yaponiya ahli tez-tez qor yog‘ib, bo‘ron ko‘tarilayotganiga guvoh bo‘lyapti. Mamlakatning ayrim hududlarida kutilayotgan yog‘ingarchilikning o‘rtacha miqdori odatdagidan ikki baravar ko‘pligi aytilmoqda.
Mamlakat shimolidagi tezyurar yo‘lda olingan tasvir noqulay ob-havo yon-atrofga jiddiy talafot yetkazganidan guvohlik beradi.
Qor Yaponiyaning tezyurar temir yo‘l tarmog‘ining bir qismiga ham ta’sir ko‘rsatdi, Toxoku mintaqasida bir qator poyezdlar qatnovi bekor qilindi.
Mahalliy matbuot xabar berishicha, mintaqada yaqin 24 soat ichida 40 sm (15 dyuym)gacha qor yog‘ishi kutilmoqda.
Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, kun chiqar yurtda favqulodda holat e’lon qilindi. Mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi.
O‘zA