Meksika prezidenti Andres Manuyel Lopes Obrador AQSHni immigratsiya siyosatida jiddiy islohotlar amalga oshirishga chaqirmoqda. Bunga qo‘shni davlat Gvatemalada politsiya tomonidan minglab muhojirlarga nisbatan amalga oshirilayotgan harakatlar sabab bo‘lgani aytilgan.

Lopes Obrador prezident Jo Bayden ushbu masala bo‘yicha Meksika va boshqa mamlakatlar bilan ishlashga rozi bo‘lishidan umidvor.

Ma’lumot uchun, Gvaturaga asosan 7 mingga yaqin muhojir kirib keldi. Ular avval Meksikaga sayohat qilib, oxir-oqibat AQSH chegarasiga yetib borishga ishonch bog‘lashadi.

Har yili o‘n minglab Markaziy Amerika davlatlari muhojirlari “Karvonlar” deb nomlanuvchi guruhlarda AQSHga, ko‘pincha, piyoda yetib borishga harakat qiladilar.

Aytishlaricha, ular o‘z mamlakatlaridagi ta’qib, zo‘ravonlik va qashshoqlikdan qochishmoqda. O‘tgan yil noyabrda Markaziy Amerikada yuz bergan ikki ulkan dovul ko‘plab vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Natijada ayrim mamlakatlarda sharoit yanada yomonlashdi.

Darvoqe, Gvatemalada dushanba kuni xavfsizlik kuchlari Vado Xondo qishlog‘i yaqinidagi lagerga joylashgan, taxminan, 4 mingga yaqin gonduraslik muhojirlardan iborat karvonni tarqatib yuborishdi.

 

Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA