AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy, Rossiya va o‘ziga dushman deb hisoblagan boshqa mamlakatlardan o‘zi uchar qurilmalarni davlat buyurtmasi asosida xarid qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qo‘shma Shtatlar siyosati o‘zi uchar qurilmalarni sotib olish uchun soliqchilar mablag‘ini sarflashning oldini olishga qaratilgan. Bunday qurilmalarni sotib olish xavfli. Chunki AQSHga dushman mamlakatlar dasturiy ta’minot, muhim elektron komponentlar ishlab chiqaradi yoki apparatlarida o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunday qurilmalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish lozim, deyiladi farmonda.
Tramp bunday qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani haqida izoh bermagan.
AQSHga qarshi bo‘lgan mamlakatlar toifasiga Rossiyadan tashqari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron kiritilgan. Davlat departamenti dushman deb e’lon qilgan har qanday davlat ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.