Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In shimolliklar yetakchisi Kim Chen In bilan Seulda uchrashishga umid bildirdi.
“Yonhap News”ning prezident bayonotiga asosan bergan xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbari Kim Chen In bilan istalgan joyda va istalgan vaqtda uchrashishga tayyorligini hamda KXDR yetakchisining tinchlik va qurolsizlanishga intilish bo‘yicha irodasida sobit bo‘lishiga ishonishini ta’kidlagan.
Mun Chje In, shuningdek, Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng korealararo munosabatlar rivoji ham to‘xtab qolganidan xavotirini bayon qildi.