“Rossiya va Xitoyning hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat chegaralarini qo‘riqlovchi aviatsiyaning jangovar shayligini ta’minlaydi. Bu mashg‘ulotlar Yaponiyaga qarshi qaratilmagan”, dedi  Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida.

“REGNUM” xabarida aytilishicha, Lavrov mintaqadagi vaziyat haqida fikr yuritib, Moskva va Pekinning harbiy o‘quv mashg‘ulotlar va boshqa  qo‘shma tadbirlar tashkillashtirayotganini ma’lum qilgan.

“Jumladan, yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ham Yaponiyaga qarshi qaratilmagan”, dedi Lavrov.