Viktoriya Nulandning davlat kotibi o‘rinbosari etib tayinlashi Jo Bayden ma’muriyatining Rossiya bilan munosabati yanada keskin bo‘lishini anglatishi mumkin.

The National Interest” xabarida qayd etilishicha,  Nuland diplomatik xizmat veterani hisoblanib, u 30 yildan ortiq Davlat departamentida Rossiya va sobiq Ittifoq bo‘yicha asosiy tahlilchi bo‘lgan.

“Nuland Barak Obamaning Rossiya va Ukrainaga siyosatining faol tarafdori bo‘lib, undan keyingi prezidentga Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni maslahat bergan”, deyiladi xabarda.