Xitoyning Tyanszin viloyatida mutaxassislar kutilmagan holatni qayd etdi.
Ular muzqaymoqning butun bir partiyasidan koronavirus izlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi “Sky News” xabarida.
Virusologlarning fikricha, muzqaymoqda virusning aniqlanishi unga kasallikka chalinganlarning tegingan bo‘lishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Axborot manbalarining ma’lumotiga qaraganda, bu muzqaymoq tayyorlanishida ikki xorijiy davlatdan keltirilgan quruq sut mahsulotidan foydalanilgan.
Muzqaymoq partiyasi musodara qilingan. Hozirda zararsizlantirish uchun mahsulotga aloqador bo‘lgan odamlar qidirilmoqda.