Nukus shahridagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha oliy mahorat maktabida o‘tgan yil avgust oyida tashkil qilingan koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni tashxislash, taqsimlash va davolash markazi yopildi.
Bunga sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasida epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Markazda davolanayotgan kam sondagi bemorlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi maxsus bo‘limga ko‘chirilgan. Markazda ishlayotgan tibbiyot xodimlari bilan shartnomalar bekor qilinib, ular avvalgi ish joylariga qaytarilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, agar hududda epidemiologik ahvol yomonlashgan taqdirda mazkur markaz qayta ochilishiga tayyor holatda.
Ye.Qanoatov, O‘zA