Futbolchilar va terma jamoalarning transfer qiymati va turli statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi “Transfermarkt” portali Osiyo qit’asining eng qimmat terma jamoalari reytingini e’lon qildi.
Qiziqarli jihati shundaki, ushbu reytingda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi 37.8 million yevro qiymatga ega deya e’tirof etildi va Osiyoda beshinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, 31,5 million yevro bo‘lgan Indoneziya 7-o‘rindan joy olib, bu borada Saudiya Arabistoni, Qatar va Iordaniyani ortda qoldirdi.
Osiyoning eng qimmat termasi esa 289 million yevroni tashkil etuvchi Yaponiya bo‘ldi. Ushbu reytingda Janubiy Koreya 158 million yevro bilan qit’aning ikkinchi jamoasiga aylangan bo‘lsa, Eron tarkibi 49.1 million yevroga baholanib, jadvalning uchinchi o‘rnida qayt etildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA