TikTok ijtimoiy tarmog‘i yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Biroq, afsuski tarmoqda foydali axborotlar yetarli emas.
Adliya vazirligi yoshlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida mazkur tarmoqni huquqiy axborotlar bilan boyitadigan bo‘ldi.
Shu maqsadda TikTok ijtimoiy tarmog‘ida ham “Huquqiy axborot” sahifasi tashkil etildi.
Endilikda tiktok.com/@huquqiyaxborotuz havolasi orqali mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, yangi tartib-qoidalar, huquqiy yangiliklar aks etgan qiziqarli videolavhalar bilan tanishib borish mumkin.
Muattar Burhonova, O‘zA