Estoniya bosh vaziri Yuriy Ratas siyosiy partiyasiga qarshi korrupsiya ayblovlari bilan iste’foga chiqishini mu’lum qildi.
Estoniya davlat prokurori partiya a’zolari, jumladan, bosh kotib Mixail Korbni Porto Frankoda ko‘chmas mulkni rivojlantirishga ta’sir o‘tkazuvchi vositalar bilan shug‘ullangan, deb da’vo qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor Hillari Teder ko‘chmas mulkni rivojlantirish foydasiga “Center Party”ga bir million yevro xayriya qilishga rozi bo‘lgan, bu esa avtoturargoh qurish huquqini olish evaziga amalga oshirilishi kerak edi.
Deyarli bir yil vaqt mobaynida to‘plangan dalillar turli jinoyatlarga taalluqlidir. Shu bois jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarga qarshi ommaviy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda bosh prokuror Taavi Pern “facyebook”dagi sahifasida xabar qoldirgan.
“Bunday vaziyatda iste’foga chiqish orqali barcha holatlarga oydinlik kiritish va aniqlik bilan kelishish imkoniyatini berishim to‘g‘ri ko‘rinadi”, deydi Yuriy Ratas.
Ammo u partiyani boshqarishda huquqlarni suiiste’mol qilish yoki adolatni buzadigan hech qanday harakatni sodir etmaganini qayta-qayta ta’kidlagan.
Ratas 2016 yildan beri bosh vazir lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Endi Estoniya prezidenti uning o‘rniga boshqa odamni tayinlashi kerak bo‘ladi.