Quvvati 10 MVt bo‘lgan quyosh qurilmasi Gujarat shtatidagi Vadodara shahri chekkasidagi uzunligi 3,6 km bo‘lgan sug‘orish kanalida qurildi. U po‘lat tirgaklarga o‘rnatilgan 33 ming 800 quyosh batareyasidan tashkil topgan.

Mutaxassislarning fikricha, quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirish yerdan unumli va arzon foydalanish hamda qurilma tagidagi kanal o‘zanida suv bug‘lanishini kamaytirishda afzal ekan.

“Sof energiya”ning ma’lum qilishicha, Hindiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirmoqda. 2014 yildan 2019 yilgacha tarmoqqa ulangan QTEM quvvatlari miqdori 32 GVt dan 79 GVt gacha, ya’ni 2,5 barobar oshdi.

 

O‘zA