Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan Nukus shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan hamda undan kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan musobaqa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda ularni ommaviy sportga jalb etish maqsadiga qaratilgan.

Tennis bellashuvida  mahallaning 60 nafardan ortiq sportsevar yoshlari ishtirok etdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Damir Juzbanov musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Salomat Qadirimbetov va Davlat Murodboyev keyingi o‘rinlarni egalladi. Qizlar o‘rtasida g‘oliblik Kunsuluv Qo‘shmuratovaga nasib etdi. Maftuna Gulimova ikkinchi, Diyana Eshonova esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA