Ayni daqiqalarda tanlov davom etmoqda. Ushbu yo‘nalish g‘olibi 2018 yilda mamlakatda amalga oshirilgan yirik qurilish ob’ektlaridagi samarali va tizimli faoliyati tufayli “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Bu inson Markaziy Osiyo gidroenergetikasida o‘ziga xos salmoqli mavqeiga ega.

Qahramonimiz Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov 1959 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tavallud topgan. U bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham o‘z bilim va katta tajribasi, yuksak rahbarlik malakasi bilan e’tirof etilgan yetuk mutaxassis hisoblanadi.

2017 yildan buyon “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan A. Sanginov investitsiyaviy loyihalarga ham katta e’tibor qaratmoqda. “O‘zbekgidroenergo” xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan 11 ta istiqbolli loyiha, xususan, Fransiya taraqqiyot agentligi mablag‘lari hisobidan 3 ta, Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 3 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 5 ta loyiha asosida yangi GESlarni qurish va modernizatsiya qilish borasida ish olib bormoqda.

O‘tgan yilda bir qator xorijiy OAVlariga “O‘zbekgidroenergo” boshqaruvi raisi A. Sanginovning intervyulari chop etildi. Suhbatlari berildi. Buyuk Britaniyaning POWER ENGINEERING INTERNATIONAL, IJ GLOBAL kabi yirik nashlari, AQSHning “RENEWABLE ENERGY WORLD JSC”, Avstraliyaning “INTERNATIONAL WATER POWER & DAM CONSTRUCTION ABD” nashrlarida O‘zbekistondagi GESlar qurilishi, yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar borasidagi chiqishlar shular sirasidan. A. Sanginov haqida Markaziy Osiyo mamlakatlari markaziy saytida ham ko‘plab xabarlarni kuzatish mumkin.

Qayd etish kerakki, “O‘zbekgidroenergo” 2021 yilda umumiy quvvati 993,0 MVt bo‘lgan 16 ta, 2022 yilda umumiy quvvati 931,2 MVt bo‘lgan 15 ta, 2023 yilda umumiy quvvati 1 002,2 MVtdan 18 ta loyihani ishga ishga tushirishni rejalashtirgan.

O‘zA