“Yil tanlovi-2020”: Eng yetakchi partiya va targ‘ibot tadbirlari tashkilotchisi

Aholining har jihatdan savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazish, jamiyat a’zolari manfaatlarini himoyalash o‘ziga xos mahorat talab etadi.

Bu borada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z o‘rniga ega.

bugungi kunda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z safida 620 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan, 12000 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotiga ega bo‘lgan yetakchi siyosiy kuchga aylandi.

Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish va ertangi kunini ta’minlashga intilayotgan partiya “2020 YILNING ENG YeTAKCHI PARTIYASI” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

 

O‘zA